1-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi o‘tkaziladi

21-22-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan xorijiy va mahalliy talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar va etnoturizm” shiori ostida 1-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi o‘tkaziladi.

Mazkur forum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 40-sonli bayonining tegishli topshiriqlari ijrosi, shuningdek, talaba-yoshlar orasida turistik faollikni yanada rivojlantirish, ular uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g‘oyalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, Jizzax viloyati turizm obyektlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mazkur forum doirasida etnosport o‘yinlari, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarmarkalari, gastroturizm (bozor) yarmarkalari, Zomin tumani umumta’lim maktablarida “Ochiq eshiklar kuni”, Plogging aksiyasi, talaba-yoshlar va tuman mahalliy yoshlari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yinlari, shuningdek, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zMU Axborot xizmati