O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2021-yil 9-avgustdagi 01-321-sonli buyrug‘i hamda “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 18-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti “Sport klubi”, “Jismoniy tarbiya va sport” va “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti “Taekvondo va sport faoliyati” kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ommaviy sport va jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari: 23-sonli mehribonlik uyida yashovchi bolalar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat, shashka o’tkazildi. Ushbu ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish xarakteridagi tadbir imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni sog‘lomlashtirish va normal ijtimoiy muhitga moslashtirishga qaratilgan. Shuningdek, to’liq hayot tuyg’usiga to’sqinlik qiladigan psixologik to’siqlarni va ularning jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga shaxsiy hissa qo’shish zaruriyatini uyg’otishga qaratilgan.
O’zMU Axborot xizmati