Samarqand shahrida Uchinchi O‘zbekiston-Rossiya taʼlim forumi o‘z ishini boshladi

Samarqand shahrida Uchinchi O‘zbekiston-Rossiya taʼlim forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston-Rossiya taʼlim Forumi ikki davlat o‘rtasida o‘tkazilayotgan Uchinchi Mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida tashkil qilindi.
Mazkur Uchinchi taʼlim Forumida asosan ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga bag‘ishlangan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari ikki davlat olimlari o‘rtasida ilmiy tadqiqot loyihalarini rivojlantirish, хalqaro ilmiy hamkorlikni yuqori bosqichga ko‘tarish, professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini yanada kengaytirish hamda taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash borasida hamkorliklar rejalashtirilgan.