Joriy yilning 1-7-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida Butunjahon yoshlar festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi, jumladan, Fizika fakulteti 1-kurs magistranti, Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Muhammadali Niyozaliyev, Kimyo fakulteti 4-kurs talabasi, qator startap loyihalar tanlovlari g‘olibi Shohzodbek Rajabov, shuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i Gulchehra Bekimatova mazkur festivalda ishtirok etmoqda.
Iqtidorli talabalarimiz festival doirasida tashkil etilgan «International technology hub» ko’rgazmasida ilmiy loyihalari va ishlanmalarini taqdim etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil Rossiya to‘rtinchi bor yoshlar forumiga mezbonlik qiladi, bungacha festival 1957, 1985 va 2017-yillarda Moskvada bo‘lib o‘tgan. Birinchi Jahon yoshlar va talabalar festivali 1947-yilda Pragada bo‘lib o‘tgan va deyarli olti hafta davom etgan.