Psixologiyaning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Umumiy psixologiya” hamda “Ijtimoiy psixologiya” kafedralari tomonidan professor Ergash Gʻoziyevich Gʻoziyev xotirasiga bag‘ishlangan «Psixologiyaning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. 

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, professor, psixologiya fanlari doktori Dilbar Muxamedova tomonidan ochib berildi.

Tadbir davomida dotsent, psixologiya fanlari nomzodi Nabi Majidov so‘zga chiqib professor Ergash Gʻoziyevich Gʻoziyev yaratgan maktabning ilmiy-amaliy nazariyalarini konferensiya ishtirokchilariga yetkazib berdi.

Professor, psixologiya fanlari doktori Vasila Karimova “Global rivojlanish jarayonida ijtimoiy psixologiya taraqqiyotining tamoyillari” mavzusidagi ma’ruza bilan barcha ishtirokchilarga psixologiyaning dolzarb muammolari metodologik asoslarini keng yoritib berdi.

Psixologiya fanlari doktori Nuriddin Safayev so‘zga chiqib, professorning ilmiy pedagogik faoliyati hamda respublikamizda psixologiya yo‘nalishini va psixologiya sohasini rivojlanishiga qo‘shgan hissalari xaqida gapirdi.

Konferensiya davomida professorning shogirdlari, jamoalari ular bilan birga faoliyat olib borgan kasbdoshlari tomonidan professor E.Gʻoziyevning psixologiya ilmi sohasida erishgan yutuqlari va yaratgan psixologik ilmiy adabiyotlari yosh avlodga dasturi amal bo‘lib shuningdek, psixologiya sohasining metodologik asosi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.  

Ushbu konferenrensiya ishtirokchilar va talabalar hamda xorij universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

O‘zMU Axborot xizmati