Fransiyaning CNRS Ilmiy tadqiqotlar markazi olimlari OʻzMUda


Bugun, 2-aprel kuni Fransiyaning CNRS Ilmiy tadqiqotlar markazi direktori Ruszard Lobinski boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Asosan bu delegatsiya analitik kimyo va mikrobiologiya sohasida olimlarimiz bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Maʼlumot oʻrnida, fransuz olimoari universitetning biologiya fakulteti professorlaribilan uzoq yillardan buyon ilmiy hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Bugungi uchrashuvda esa mazkur hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hamkorlik memorandumi imzolash va unga asosan ilmiy va oʻquv sohada hamkorlikni yanada kengaytirish borasida fikr yuritdilar. Professor Ruszard Lobinsk oʻz tashrifi doirasida biologiya fakulteti talabalari va soha olimlariga maʼruza darsi oʻtib berdi.








Xalqaro aloqalar bo’limi