Mamlakat taraqqiyoti, yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati, Vatanga sadoqati va fidoyiligi, shuningdek, Ichki ishlar tizimiga uzoq yillar rahbarlik qilgan marhum davlat va jamoat arbobi Haydar Yahyoyevga munosib zurriyod sifatida yosh avlodga namuna bo‘lib kelayotgani munosabati bilan O‘zMU yuriskonsulti Guli Yahyoyeva Haydarovna Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Universitet rahbariyati, ichki ishlar tizimi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan qutlov marosimida ham salohiyati rahbar, ham badiiy iqtidor egasi bo‘lgan Haydar Yahyoyevning xotirasi yod etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Haydar Yahyoyev 1927-yilning 9-yanvarida Samarqand shahrida, kosib oilasida tavallud topgan. 1945-yildan 1964-yilgacha huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. U 1964-yil 11-martda respublika Jamoat tartibini saqlash vaziri etib tayinlangan. 1968-yilda esa ushbu vazirlik Ichki ishlar vazirligiga aylantiriladi. H.Yahyoyev Ichki ishlar vazirligiga 15 yil mobaynida rahbarlik qiladi