O’zMU Jurnalistika fakultеti talabalari uchun jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish shuningdek uyushgan jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” deb nomlangan uchrashuv tashkil etildi

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetidan rektor maslahatchisi Jalol Ro‘ziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i Shohnazar G‘ulomov, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ravshan Omonov, universitet coworking markazi hodimlari ishtirok etib, so‘zga chiqishdi. 

Tadbir ishtirokchilariga yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, giyohvand va psixotrop moddalar iste’moli yoki savdosi bilan shug‘ullanishning, korrupsion va boshqa jinoyatchilik turlarining huquqiy oqibatlari haqida zarur tushuncha berildi.