2018 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati Isroilning Holon Texnologiyalar instituti bilan muhandislik matematikasi, kompyuter ilmlari, texnologiyalar menejmenti mutaxassislarini tayyorlash uchun universitet bazasida qo‘shma fakultet tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladi.
O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida, ingliz tilida Holon Texnologiyalar instituti va O‘zbekiston Milliy universitetlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan bititruvchilarga yurtimizda va Isroilda tan olinadigan 2 ta: O‘zMU va Holon Texnologiyalari institutining diplomlari beriladi.