Fakultetning geologiya yo‘nalishi 1920 yilning sentyabr oyidan Turkiston davlat universitetining fizika-matematika fakulteti tarkibida o‘z faoliyatini boshlagan. 1936 yilda mustaqil fakultet sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ma’lumotli geolog-mutaxassislar tayyorlash, garchi 1936 yildan boshlangan bo‘lsada, o‘lkamiz yer osti qazilma boyligi, aholisi hamda iqtisodiyotini o‘rganish muammolari bu nufuzli oliy o‘quv yurti faoliyatining ilk davridanoq muvaffaqiyatli hal etila boshlagan.
Universitetda dastlabki geologiya kabineti va kafedralari o‘tgan asrning yigirmanchi yillari boshidan tashkil etila boshlagan., shu yillarda mineralogiya va umumiy geologiya kafedralari tashkil etilgan (A.S.Uklonskiy, V.I.Popov, Z.F.Gorizdro-Kulchiskaya).
Hozirgi kunda fakultetda 5 ta kafedra: Geologiya (Faoliyat sohalari bo‘yicha), Geokimyo, va mineralogiya, Seysmologiya va seysmometriya, Gidrogeologiya, Geodinamika va tektonika kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Fakultetda 1040 ta bakalavr, 104-magistr, 131 ta kechki, 304 ta sirtqi, 25 ta ikkinchi mutaxassislik va 24 ta tayanch doktorant, 1 ta stajyor tadqiqotchi hamda 5ta mustaqil tadqiqotchilar ta’lim olmoqdalar. Talabalarning umumiy kontingenti 1554 ni tashkil qiladi.