1921 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida Kimyo instituti tashkil etilgan va bu institut universitetning beshta fakultetiga kimyo fanidan dars olib borgan. 1926 yilga kelib ushbu institut kimyo bo`limiga, 1930 yilda esa O`rta Osiyo Davlat universiteti tarkibida kimyo fakulteti tashkil etilishiga asos bo`ldi.
Kimyo fakultetida o`quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda, kafedralar hamda ilmiy laboratoriyalar tashkil etishda O. S. Sodiqov, X. U. Usmonov, K. S. Axmedov, Sh. T. Tolipov, I. P. Tsukervanik, A. Sh. Shamsiev, A. M. Murtazaev, A. R. Abdurasuleva, X. A. Aslanov, R. S. Tillaev, O`. N. Musaev, T. S. Sirliboev va boshqa olimlarning xizmatlari singan.
Kimyo fakultetini 1938 yildan 1985 yilgacha 47 yil davomida uzluksiz ravishda akademik Sh. T. Tolipov, 1985 yildan 1988 yilgacha Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, kimyo fanlari doktori, professor X. A. Aslonov, 1988 yildan 1995 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor T. S. Sirliboev, 1995-1996 yillarda kimyo fanlari doktori, professor A. A. Ziyaev, 1996 yildan 2001 yilgacha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, kimyo fanlari doktori, professor T. M. Boboev, 2001 yildan 2004 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor A. O. Sodiqov, 2004 yildan 2010 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent B. U. Sagdullaev, 2010 yildan 2013 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor X. I. Akbarov, 2013 yildan 2015 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. X. Hayitboev, 2015-2016 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. Holiqov, 2016-2017 yillarda f. m. f. n. dotsent O. Muxtorov, 2017-2018 yillarda kimyo fanlari doktori, professor S. Nurmonov boshqardilar. 2018 yildan boshlab fakultetga kimyo fanlari doktori, professor Sh. A. Kadirova boshchilik qilmoqda.
Kimyo
Fakultet tarixi
KADIROVA SHAXNOZA ABDUXALILOVNA
Dekan
YANGIBAYEV AZIM ESHMURODOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
YUSUFOV MUXRIDDIN SAIDOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
ABDURAXMONOV G‘ULOMJON ABDUSAMATOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Hozirgi kunda kimyo fakulteti 5 ta kafedrani o'z ichiga oladi. Bular quyidagilar: