Matematika

Fakultet tarixi va rahbariyati

Turkiston Xalq universiteti tashkil etilgan dastlabki yillardayoq matematika fanini o‘rganishga asos solingan. Xalq universitetining tash- kiliy tuzilmasida fizika-matematika fakulteti (dekan prof. V.I.Roma­novskiy) bo‘lib, unda 50 nafar talaba tahsil olgan. 1918 yil iyunda bo‘lib o‘tgan Butun Turkiston qurultoyining maxsus qaroriga asosan Turkiston Xalq universiteti davlat maqomidagi oliy o‘quv yurtiga aylantirilgan va 1923 yil 17 iyulda Turkiston Davlat universiteti O‘rta Osiyo Davlat univer­siteti deb qayta nomlandi.

Fizika-matematika fakulteti tarkibida matematika, fizika, astro-nomiya, mexanika, geofizika yo‘nalishlarida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda matematikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishla-ri olib borilgan. O‘rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajraldi va mexanika-matematika fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.

Mexanika-matematika fakultetga dotsentlar M.S.Sultonova (1959-1961), M.S.Sobirov (1961-1965), M.V.Voxidov (1965-1971) rahbarlik qilgan. Keyinchalik 1971 yilda mexanika-matematika fakulteti negizida mate-matika fakulteti [dekan: prof. J.X.Xojiev (1971-1985), prof. A.Sadul­laev (1985-1992), prof. A.A’zamov (1992-1993)], amaliy matematika va mexa-nika fakultetlari tashkil etildi. 1994 yilda bu fakultetlarni qo‘shi-lishi asosida mexanika-matematika fakulteti qayta tashkil etildi.

Fakultetining hozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan ko‘plab olimlar va mutaxassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular professorlar G.Xudoyberganov (1993-2002), R.R.Ashurov (2002-2004), B.A.Shoimqulov (2004-2013) va bundan keyingi davrlarda fakultetga D.X.Djuma­boev (2013-2015), A.X.Xudoy­berdiev (2015-2017), N.M.Djabborov (2017-2019), A.R.Qutli­­­mu­radov (2019-2020) rahbarlik qildilar. Hozirgi kunda fakultetni professor O.S.Zikirov (2020 yil oktyabr) boshqarib kelmoqda.

Matematika fakultetida faoliyat ko‘rsatib respublikamizda oliy ta’lim va ilm-fanning rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan atoqli olimlar akademiklar T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojid­dinov, M.S.Salo­xiddinov, T.J.Jo‘raev, N.Yu.Sati­mov o‘zlarining dunyo tan olgan ilmiy maktablarga asos soldilar.

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida samarali xizmat qilgan va matematika fanining rivojiga qo‘shgan ulkan xissa uchun atoqli olimlar V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov vafotidan keyin mamlakati­mizning yuksak mukofoti “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Xozirgi kunda fakultetda akad. Sh.K.Farmonov, akad. J.X.Xojiev, akad. Sh.O.Alimov, akad. A.Sadullaeva, akad. A.Azamov, akad. Sh.A.Ayupov, prof. A.B.Begmatov, prof. V.I.Chilin mavjud ilmiy maktablarni rivojla­nishiga katta xissa qo‘shib kelmoqdalar va o‘ziga xos ilmiy maktablar yaratdilar.

Fakultetning 6 ta kafedrasida 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan 6 kishi O‘zR FA akade­migi, 40 kishi fan doktori va professorlar, 50 ga yaqin fan nomzodi dotsentlar, 6 kishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobidir.

ZIKIROV OBIDJAN SALIJANOVICH
ZIKIROV OBIDJAN SALIJANOVICH

Dekan

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

JO‘RAYEV RUSTAM MEHRIDDINOVICH

JO‘RAYEV RUSTAM MEHRIDDINOVICH

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

NARZILLAYEV NURBEK XAMROQULOVICH

NARZILLAYEV NURBEK XAMROQULOVICH

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

MAMATQULOV MUSAJON MASHRABJON O‘G‘LI

MAMATQULOV MUSAJON MASHRABJON O‘G‘LI

Dekan muovini

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy


Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida

Hozirgi paytdagi fakultetdagi professor-o‘qituvchilar soni jami 84 , jumladan

-

Akademiklar

33

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy darajasi:

25

Fan doktori, DSc

Ilmiy darajasi:

18

Dotsentlar

Ilmiy unvoni:

2

professorlar

Ilmiy unvoni:

18

katta ilmiy xodimlar

Ilmiy unvoni:

Fakultet tarkibidagi kafedralar

Ekologiya fakulteti universitet tarkibidagi eng yosh, shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyoda yagona fakultet hisoblanadi va hozirda 2 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda.

Ta’lim dasturlari

Bakalavr

Bakalavr:

60531000

Mexanika va matematik modellashtirish

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: - 7 400 000

Bakalavr:

60540100

Matematika

O‘qish muddati - 4 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: - 7 400 000

Magistratura

Magistratura :

70540103

Aktuar va moliyaviy matematika

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: - 8 968 000

Magistratura :

70540102

Matematik iqtisodiyot

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: - 8 968 000

Magistratura :

70531001

Mexanika va matematik modellashtirish

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: -

Magistratura :

70540101

Matematika (yo’nalishlar bo’yicha)

O‘qish muddati - 2 yil

Shartnoma summasi:

Stipendiyali: -

Stipendiyasiz: - 8 968 000

Fakultetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo‘ling!