Nemis filologiyasi kafedrasi 1962-yilda tashkil etilgan. Kafedra tarkibida malakali oʻqituvchilar Rashidova D.F., Dansiger O.A. va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedraning ilk mudiri dos. Rashidova D.F. boʻlgan. Keyin kafedrani turli yillar davomida f.f.n., dotsentlar Abduqadirova G.M., Isxaqova A.A., f.f.d, prof. Avazbayev N.A., dos. N.Yu.Shakirova, katta oʻqituvchi Medjitova X.T., lar boshqarib kelishdi. Kafedraga 2017-yilgacha oʻqituvchi N.V.Tyan rahbarlik qildi. Hozirda kafedrani f.f.n., professor Sh.S.Imyaminova boshqarmoqda.
Sh.S.Imyaminova – filologiya fanlari nomzodi, professor. Zamonaviy nemis va oʻzbek tillari boʻyicha mutaxassis. Ixtisosligi qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻshtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 9 ta darslik, 2 ta monografiya, 15 ta oʻquv qoʻllanma, 10 ta uslubiy qoʻllanma, 4 ta biobibliografik koʻrsatgich, 6 ta lugʻat va 6 ta nemis tilidan oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan nemis tiliga badiiy asarlar tarjimasi muallifi va tarjimoni. 200 dan ortiq chet ellarda va respublikamizda chop etilgan maqola hamda tezislar muallifi. Sh.S.Imyaminova qiyosiy frazeologiya va tarjima nazariyasi va amaliyoti maktabini yaratgan olima. “Yosh tarjimon” toʻgaragi rahbari. U Oʻzbekiston jahon tillari universiteti filologiya sohasi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi maxsus Kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi va Oʻzbekiston Milliy universitetidagi ilmiy seminar ilmiy kotibi. Oʻzbekistonda nemis tili boʻyicha yagona professor ayol.
Hozirgi kunda kafedrada filologiya fanlari nomzodi, professor (Sh.S.Imyaminova), filologiya fanlari nomzodi, dos.v.b.(Zulxonov M.J.), filologiya fanlari nomzodi, katta oʻqituvchi (Toʻraqulova S.T.), 4 ta katta oʻqituvchi va 10 ta oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqdalar.
Nemis filologiyasi
Kafedra mudiri
IMYAMINOVA SHUXRATXON SALIJANOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Datesent
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Imyaminova Shuhratxon Salijanovna | f.f.n., professor | Bo’g’in hosil bo’lishining lingvistik va statistik tadqiqi (ko’p bo’g’inli so’zlar misolida) |
2 | Yakubov Sadirjon Bakiyevich | f.f.n., dotsent | O’zbekiston va Germaniya adabiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalari(1960-1975) |
3 | Zulxonov Mustafo Jurayevich | f.f.n., dot.v.b. | Turli tizimdagi tillarda so’z oxiridagi ikki fonemali undosh birikmalarning linvostatistik tahlili (nemis va o’zbek tillari materiali asosida) |
Tasdiqlangan dissertasiya mavzulari
4 | Tyan Natalya Viktorovna | katta o’qituvchi | German-skiv leksik izoglosslari, O’zMU kengashining 2021-yil 29-oktabridagi 4-son yig’ilishi qarori |
5 | Umirzoqova Fotima Irisbayevna | katta o’qituvchi | O’zbek va nemis tillaridagi (tafakkur) semali birliklarning semantik, sintagmatik tadqiqi |
6 | Zoirov Alisher Abdugapporovich | o’qituvchi | Nemis va o’zbek tillarida “zamon” konseptining kommunikativ-kognitiv xususiyatlari |
Xalqaro hamkorlik
T/r | Xorijiy/mahalliy universitet nomi | Shartnoma yoki memorandum imzolangan sana | Universitet bilan aloqa olib boradigan mas’ul shaxsning ismi sharifi va tel raqami | Shartnoma muddati |
1 | Gyote Instituti | 13.12.2021 | Germaniyaning Gyote Instituti direktori Yan Helfer | 2 yillik |
2 | Toshkent viloyati Ohangaron tuman XTB ga qarashli 42-sonli maktab | 15.09.2021 | 42-sonli maktab direktori Sh. Xidirboyev +998(71) 252 43 59 | 10 yillik |
3 | Toshkent shahridagi Gyote nomidagi 60-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi | 25.10.2021 | Toshkent shahridagi Gyote nomidagi 60-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi direktori T.P. Nekrasova +998 (71) 252 34 59 | 10 yillik |