“Huquqiy fanlar” kafedrasi mustaqillik yillarida talim tizimidagi o‘zgarishlar, optimallashtirishlar asosida turlicha nomlanib kelingan. Xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Farmon, Qarorlar hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli o‘rgatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11-mayda “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527 sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritilib, kafedra “Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti” deb nomlandi. “Milliy g‘oya va huquq ta’limi” kafedrasi 2012 yil 27 iyunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti ilmiy kengashining ilgari Falsafa fakultetida bo‘lgan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishini Huquqshunoslik fakulteti tarkibiga o‘tkazish haqida”gi qarori asosida tashkil topdi.
2014 yil 12 maydan boshlab O‘zMU rektorining buyrug‘iga asosan kafedra Falsafa fakultetidagi “Ijtimoiy falsafa” kafedrasi va “Milliy g‘oya va huquq ta’limi” kafedralari birlashtirilib, “Milliy g‘oya va ijtimoiy falsafa” deb nomlandi, Universiteti rektorining 2016 yil 4-apreldagi buyrug‘iga ko‘ra kafedra “Milliy g‘oya” sifatida nomlandi. Universitet rektorining 2019 yil 4-oktabrdagi 01-811-sonli buyrug‘i asosida “Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti” va “Milliy g‘oya” kafedralarining birlashtirilishi natijasida kafedra “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi deb nomlangan. Universitet rektorining 2023-yil 4-sentabrdagi 01-285 sonli buyrug’i bilan “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi “Siyosatshunoslik” va “Huquqiy fanlar” kafedralariga ajratildi. Kafedraga hozirgi kunda yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori(PhD) Sh.Saidov mudirlik qilib kelmoqda.
Huquqiy fanlar
Kafedra mudiri
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Xalqaro hamkorlik
Babak Rezvani Amsterdam universiteti (Niderlandiya) siyosiy fanlar doktori professori 18.12.2020. №02-1710 buyrug‘iga asosan 2020-2021 mart oylarida 52 soat 5A111601-Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi magistratura bosqichida “Globallashuv asoslari” va“Markaziy Osiyoda geosiyosiy jarayonlar” fanlari bo‘yicha onlayn ma’ruza o‘qigan.