O‘zbekistonda jahon tilidagi etika va estetika fanlari asrlar davomida inson kamoloti jamiyat ravnaqi hamda davlat barqarorligiga xizmat qilib kelgan. Bu fanlarning taraqqiy etishida faylasuflar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda mazkur fanlarning yanada ravnaq topishida akdemik Ibrohim Mo‘minovning xizmatlari katta bo‘ldi. Ibrohim Mo‘minov 60-yillardan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiiyasi tizimida estetika sektorini tashkil etdi. Unda dastlabki aspirantlar qabul qilindi va qator yoshlar Moskvaga o‘qishga jo‘natildi. Moskvaga borib ta’lim olgan talabalar estetika, falsafa, san’atshunoslik fanlari birikuvida yozilgan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Mamlakatimizda etika va estetika fanlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, 1986 yilda Toshkent Davlat Universitetida alohida fakultetlararo «Etika va estetika» kafedrasi tashkil etildi.
Yigirma yildan ortiq faoliyati davomida kafedraga dastlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hojimurod Rasulov (1986-1988 y.y), so‘ngra falsafa fanlari doktori, professor Mahmudjon Nurmatov (1988-1993 y.y), falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla ergashev (1993-1994 y.y), Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (1994-1996 y.y), dotsent Abdulla Sher (1996-1997 y.y) falsafa fanlari doktori, professor Erkin Umarov (1997-2002 y.y), dotsent Abdulla Sher (2004-2005 y.y), falsafa fanlari doktori Oqnazar Qurbonmamadov (2005-2006 y.y), falsafa fanlar nomzodi., dotsent Husanov Bahodir (2006-2017 y.y) lar rahbarlik qilganlar. 2017 – o‘quv yilidan buyon kafedraga falsafa fanlari nomzodi., professor La’lixon Ashuralievna Muhammadjonova rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra dastlab o‘z faoliyatini 7 o‘qituvchi bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 7 shtat birligida 9 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3 ta fan nomzodi, 3 ta PhD, 3 ta katta o‘qituvchi, 2ta o‘qituvchi hamda 1 ta stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 3 ta katta ilmiy hodimlar faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi estetika va etika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi kunda 09.00.04-Yestetika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2000 yilda 5A220303-Yestetika mutaxassisligi, 2005 yilda 5A 220304-Etika mutaxassisligidan magistratura ochildi. 2011 yilda ushbu mutaxassisliklar birlashtirilib, 5A 120503-Etika va estetika mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi. 2020 yildan barcha soxalar birlashib 5A120501 Falsafa ( sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi.
Etika va estetika
Kafedra mudiri
TULYAYEV AVAZBEK ILXOMOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Muxamedjanova Lalixon Ashuralievna | Kafedra mudiri, f.f.n., professor | Ma’rifatparvar shoiralar Dilshodi Barno va Anbar otinning Ijtimoiy axloqiy qarashlari |
2 | Qodirova Dilbar Salixovna | f.f.n.,v.b. professor | San’atning umumnazariy masalalarida estetik me’yor va mezonlar tahlili. |
3 | Agzamova Nilufar Shuxratovna | f.f.n., v.b. Professor | Mesto muzыki v esteticheskoy konsepsii vostochnыx peripatetikov (na primere tvorchestva Al Farabi i Ibn Sina) |
4 | Shodimetova Gulchehra Mamurovna | Katta o‘qituvchi., PhD | Milliy bayramlarning estetik xususiyatlari |
5 | Tulyaev Avaz Ilxamovich | Katta o‘qituvchi., PhD | Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil) |
6 | Abduazimova Zarina Amirovna | Katta o‘qituvchi., PhD | “Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishga konseptual yondashuv” |
7 | Xalilov Raufjon Raximjon o‘g‘li | Tayan doktarant | Bunyodkorlik- milliy yestetik taraqqiyot fenomini |
8 | Qipchoqov Xamidjon G‘ulomovich | Tayan doktarant | Davlat xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslari |
9 | Nurullaeva Zulxumor Sidamatovna | Tayan doktarant | Maqom sanatining badiiy yestetik mohiyati |
10 | Rajabov Shuhrat Sheralievich | Tayan doktarant | Shaxs yestetik yehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiyasi |
11 | Alimov Sardor Komil o‘g‘li | Tayan doktarant | Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida |
12 | Sherova Dilorom Abdullaevna | Mustaqil tadqiqotchi | Uyg‘unlikning falsafiy-yestetik hususuiytlari (Me’morlik sanati misolida) |
13 | Xudoyqulov Do‘stmurod Xidirovich | Mustaqil tadqiqotchi | Sohibqiron Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy talqini |
14 | Toshpolatova Shirin Muxitdinovna | Mustaqil tadqiqotchi | Davlat xizmatchisini tayyorlashda kasbiy-axloqiy kompitentlikni shakllantirishga konseptual yondashuv |