Kafedra mudiri

TO‘XTASINOV AXMADJON XASANJON O‘G‘LI
TO‘XTASINOV AXMADJON XASANJON O‘G‘LI

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

1966- yildagi Toshkent zilzilasidan so’ng Fanlar Akademiyasi taklifi bilan va O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining qaroriga ko‘ra 1968-yilda Geologiya fakultetida «Geofizikaviy tadqiqot usullari» kafedrasi qayta tashkil etildi. 1968-yildan 1993-yilga qadar kafedraga Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog, g-m.f.d. professor B.B.Tal-Virskiy rahbarlik qilgan. 1993-1999 yilga qadar  Beruniy nomidagi  Davlat mukofoti laureati g-m.f.n. dotsent X.O.Otaboyev rahbarlik qilgan. 1999-yildan 2010-yilgacha g-m.f.d. dotsent Sh.S.Radjabov rahbarlik qilgan. 2010-yildan 2023-yilgacha g-m.f.d. dotsent  D.X.Atabayev rahbarlik qilgan 2023-yildan boshlab kafedraga g-m.f.f.d. (PhD)  A.X.To‘xtasinov rahbarlik qilmoqda.

Kafedraning asosiy yo’nalishi bo’yicha ta’lim sohasidan tashqari, katta miqyosda ilmiy ishlar ham olib boriladi. Geofizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun “Xududiy va qidiruv geofizikasi” va “Tajribaviy va amaliy geofizika” laboratoriyalari tashkil etilgan. Xo’jalik shartnomalar asosida ushbu laboratoriyalarda olib borilgan ishlar hajmi bo’yicha Universitetda yetakchi o’rinlarni egallab kelgan. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari asosan uchta yo’nalish bo’yicha  olib boriladi. Birinchisi – geodinamika, seysmiklik va litosferaning chyuqurlikdagi tuzilishi. Ikkinchi – hozirgi kunda rivojlanayotgan yo‘nalish – bu strukturaviy geofizika va neftgazdor xududlarni geofizik usullar bilan o‘rganish. Uchinchi yo’nalish – muxandislik geofizikasi va seysmomikrorayonlashtirish  (SMR). Kafedra a’zolari xalqaro Pomir-Himolay loyihasini bajarishda Rossiya, Hindiston, Pokiston va Italiya geofiziklari bilan xamkorlikda faol ishtirok etgan. Universitet tomonidan bu loyihani bajarishda ilmiy rahbarlikni professor       B.B.Tal-Virskiy olib borgan. 1970 yildan bo’shlab kafedra a’zolari xalqaro ELAS (astenosferaning  elektr o’tkazuvchanligi) loyihasini amalga oshirmoqda. 2001-2003 yy. dotsent X.O.Otaboyev rahbarligida “Paleorift” xalqaro  loyihasi amalga ochirildi. Bunda Buxoro-Xiva neftgazdorlik viloyatining cho’kindi qoplamasi MOVZ usullari bilan o’rganildi. 2005-2014 yy. D.X.Atabaev rahbarligida  “Oʻzbekgeofizika” AJ xoʻjalik shartnomalarti asosida  Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon botiqliklarining chuqurlik tuzilishi bo’yicha ishlar bajarildi. Ishlar natijalariga bo’yicha neftgazdor strukturalarning regional prognozi amalga oshirildi. 2017-yilda NKMK bilan tuzilgan xo’jalik shartnomasi bo’yicha Muruntau karyeridan rudalarni chiqarish uchun quriladigan tunnelni xavfsizligini ta’minlash maqsadida, uning bo’rtlaridagi yer yoriqlari aniqlandi va o’rganib chiqildi.

Kafedra tarkibi

ATABAYEV DILSHOT XUSAINBAYEVICH

Atabayev Dilshot Xusainbayevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XUSANBAYEV DAVRON DJURAYEVICH

Xusanbayev Davron Djurayevich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TO‘XTAMESHOV FAYZULLA G‘ULAMJON O‘G‘LI

To‘xtameshov Fayzulla G‘ulamjon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
JOVLIYEV HAMID SHAVKAT O‘G‘LI

Jovliyev Hamid Shavkat o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
AMIRQULOV JALIL JUMABOY O‘G‘LI

Amirqulov Jalil Jumaboy o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MAJIDOVA SHIRINBONU MANSURJON QIZI

Majidova Shirinbonu Mansurjon qizi

Stajer-o‘qituvchi(0,50 stavka)

Batafsil
MELIBOYEV BAHODIR FAYZULLAYEVICH

Meliboyev Bahodir Fayzullayevich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ZIYABOV SHOXRUX RUSTAMJON O‘G‘LI

Ziyabov Shoxrux Rustamjon o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
QODIROV MUSURMONQUL MUZAFFARJON-O‘G‘LI

Qodirov Musurmonqul Muzaffarjon-O‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
ERGASHOV ABBOS JAMOL O‘G‘LI

Ergashov Abbos Jamol o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

N F.I.SH. Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi     Dissertatsiya ishining mavzusi
1 Tukhtameshov Fayzullo Gulomjon og’li Doktorant O‘zbekistonning yirik shaharlarini mikroseysmik rayonlashtirish (Buxoro misolida)
2 Tukhtasinov Ahmadjon Hasanjon og’li Doktorant O‘zbekiston hududining yer qobig‘ini geologik-geofizik ma’lumotlar asosida tasniflash
3 Atabaev Behzod Dilshotovich Doktorant Zarafshon havzasi strukturasining geofizik ma’lumotlarga ko‘ra geologik xususiyatlari
4 Israilova Zulfiya Ulugbekovna Doktorant Buxoro-Xiva mintaqasidagi Hispano-Chandir chuqurligining yura terrigen yotqiziqlarining neft-fizik xususiyatlarining lateral o’zgarishlari.
5 Akbarov Umid Murodjonovich Mustaqil tadqiqotchi Ustyurt neft va gaz mintaqasi paleozoy cho’kindilarining 3D geologik-geofizik modeli
6 Kudratov Sobir Sultanovich Mustaqil tadqiqotchi Seysmik vibratorlar va portlovchi usullar bilan xizmat qilmaydigan hududlarda 3D seysmik qidiruv ishlarini o’tkazish (masalan, Krasnoye ko’li)
7 Azimov Farrukh Shukhratovich Mustaqil tadqiqotchi Yuragacha boʻlgan yotqiziqlar va oʻzlashtirilishini geofizik tadqiqotlari materiallarini umumlashtirish (Ustyurt platosi misolida).
8 Toshpulatov Farhod Norbaevich Mustaqil tadqiqotchi O`zbekiston janubidagi kuchli zilzilalar manbasining geofizik xususiyatlari

 

Xalqaro hamkorlik

Mahalliy hamkorlar:

  • О‘zbekiston Respublikasi Geologiya fanlari universiteti
  • GIDROINGEO DK
  • Geologiya va geofizika instituti
  • IGIRNIGM DK
  • О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi «Ilg‘or texnologiyalar markazi”
  • О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G’.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti
  • Toshkent Geologiya ekspeditsiyasi
  • O’zR FVV  Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi
  • “O’zbekgeofizika” AJ