Kafedra mudiri

JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH
JABBAROV ZAFARJON ABDUKARIMOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

O‘zbekiston tuproqlarini aniq reja va maqsad bilan o‘rganish – bu O‘zbekiston Milliy (sobiq Turkiston, O‘rta Osiyo, Toshkent Davlat) universiteti tashkil qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Darhaqiqat, bu universitet qoshida 1920 yilda Geobotanika va tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining  tashkil topishi yuqoridagi fikrlarimizga asos bo‘ladi. Mazkur institutda 1920-1932 yillar davomida uning asoschisi professor N.A.Dimo, professor M.A.Orlov tadqiqotchi olimlar N.B.Bogdanovich, M.A. Pankov, D.M.Klavdienko va boshqalarni ishtirokida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi mamlakatlarning sug‘oriladigan yerlari mukammal o‘rganildi va turli maqsadlar uchun tuproq xaritalari tuzildi. Bu hududlarda tarqalgan asosiy tuproq tiplariga har tomonlama tavsif berildi. Bu xaritalar va tuproqlar to‘g‘risidagi barcha ilmiy ma’lumotlar albatta o‘sha davrda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda aniq rejalashtirilgan dehqonchilik tizimini vujudga keltirishga asos bo‘ldi.
    1935 yilda universitet Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tuproqshunoslik kafedrasining tashkil topishi –O‘zbekistonda tuproqlarni o‘rganish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan ilm tarmog‘iga aylanganligidan  dalolat beradi. Tuproqshunoslik kafedrasi 1949 yilda Biologiya fakultetiga o‘tkazilgan, aynan shu yilda bu fakultetda “Agronomiya” kafedrasi tashkil qilindi va shu yildan boshlab fakultet  Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti nomi bilan yuritiladi. Bu vaqt davomida tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan e’tiborga loyiq ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, M.A.Orlov tuproqshunoslik kafedrasi asoschisi hisoblanib, uning butun ilmiy faoliyati sug‘orish va insonning dehqonchilik faoliyati ta’sirida hosil bo‘lgan antropogen (voha) va tuproqlar genezisi hamda xossalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Akad. S.N.Rijov, keyinchalik dos. X.A.Abdullaev o‘zining tadqiqotlarida asosiy diqqatni sug‘oriladigan yerlarning madaniy holatini baholash, unumdorligini oshirishda gumusning ahamiyati, uni boshqarish muammolari bilan shug‘ullandilar.
    1960-1970 yillar davomida kafedra xodimlari – B.D.Mixaylov, Q.G‘ofurov, L.Tursunov, V.Sayfutdinova, L.Salkova, N.Kavxoyans va boshqa aspirantlar Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi oqimi hududlarini, jumladan Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Zirobuloq, Karnab cho‘llari, Buxoro va Qorako‘l vohalari tuproqlarini mukammal o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu davr ichida yuzlab xo‘jaliklarning tuproq, tuproq-erozion, tuproq-meliorativ xaritalari (1:10000, 1:25000) tuzilib, amaliyotda qo‘llash uchun topshirildi. Shu paytdagi to‘plangan ma’lumotlar asosida K.G‘ofurov, L.Tursunov, N.Yakubov, A.Niyozov, A.Abdievlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Shu davrning e’tiborga loyiq tadqiqotlaridan yana biri kafedra dotsentlari V.Valiev, L.Tursunovlar rahbarligida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani lalmi yerlarini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishlar hisoblanadi.
    1980 yildan boshlab kafedra dotsenti X.Abdullaev rahbarligida Chotqol tog‘ tizmalarining tuproqlari Chotqol biosfera qo‘riqxonasi misolida, dotsent L.Tursunov rahbarligida Turkiston tog‘ tizmalarining tuproqlari Zomin “Xalq bog‘i” hamda Zomin qo‘riqxonasi misolida va nihoyat Xisor, Nurota tog‘lari tuproqlari serqirra dastur asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotlar davrida tog‘ tuproqlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari va barcha tog‘ tuproq tiplarining xossalari har tomonlama o‘rganildi, tuproq erozion xaritalar tuzildi, hamda A.Nazarov, M.Faxrutdinova va S.Yusupov hamda X.Qo‘ng‘irovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar.
    Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishida, uning keyingi genezisi, evolyusiyasi va xossalarini o‘rganishda insonning dehqonchilik faoliyatining roli salmoqli hisoblanadi. Kafedra xodimlari o‘zlarining diqqat e’tiborlarini bu masalani o‘rganishga ham qaratdilar. Jumladan, kafedra dotsenti H.Abdullaev rahbarligida kafedra o‘qituvchisi T.Abdraxmonov sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning xossa va xususiyatlarini har tomonlama o‘rgandi, ko‘p yillar davomida olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Jumladan, V.U.Sayfutdinova akademik S.N.Rijov rahbarligida lalmi tuproqlar misolida inson tomonidan foydalanilgan bu tuproqlarning tabiiy omillar ta’sirida o‘zining dastlabki holatini (evolyusiyasini) qancha muddatda tiklashi mumkinligini ko‘p yilar davomida tadqiq qildi va olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. D.Kamilova esa tuproq xossalarini turli agrofonlarda  o‘zgarishini uzoq yillar davomida tadqiq qildi va to‘plangan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
    1961 yildan 1967 yilgacha qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor N.P.Malinkin agrokimyo kafedrasiga  rahbarlik qildi. G‘o‘zani o‘g‘itlash tizimini yaratilishida N.P.Malinkinning xizmati beqiyos. Bu ikki yirik olim universitetda ish faoliyati davomida juda ko‘p ilmiy kadrlar tayyorlab, o‘z maktablariga asos soldilar.
    1968 yildan to 1995 yilgacha bu kafedraga qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, O‘zFA ning haqiqiy a’zosi, Nyu-York fanlar akademiyasining Xalqaro informatika akademiyasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, Xalqaro tuproqshunoslar jamiyati va Butun dunyo o‘g‘itlar markazi a’zosi Jo‘raqul Sattorovich Sattarov rahbarlik qilib keldi.
    1995-1996 yillari kafedraga J.Sattarovning o‘quvchisi B.S.Musaev mudirlik qilgan. Musaev yosh bo‘lishiga qaramasdan kafedrada laboratoriya va dala tajribasi ishlarini yanada rivojlantirdi. Ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar va “Agrokimyo” darsligini yozdi.
    1996 yildan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini qishloq xo‘jalik fanlari doktori, taniqli tuproqshunos olim, professor S.Abdullaev bajarib keldi. U ko‘proq melioratsiya sohasida ilmiy ishlar olib borib yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdi. Ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalari chop qilingan. 2018 yil 1 dekabrdan tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari birlashtirilib, Tuproqshunoslik deb nomlandi.
    Tuproqshunoslik kafedrasida hozirda 1 nafar O‘zFA akademigi, 5 nafar fan doktorlari va 9 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:

  • 1935-1962 yillarda – prof.M.A.Orlov
  • 1962-1968 yillarda – akademik S.N.Rыjov.
  • 1968-1981 yillarda  – dos. X.A.Abdullaev.
  • 1981-1986 yillarda – dos.  V.U.Sayfuddinova.
  • 1986-2008 yillarda – prof. L.Tursunov
  • 2008-2011 yillarda –  dos.M.Faxrutdinova
  • 2011-2014 yillarda – dos.T.Abdraxmanov
  • 2014-2015 yillarda – dos.Z.Xaidmuxamedova
  • 2015-2015 yillarda – dos.  S.Sidiqov
  • 2020 yildan boshlab professor Z.Jabbarov rahbarlik qilib kelmoqda.

    Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasining professor- o‘qituvchilari o‘z darslarida AKT va innovatsion texnologiyalarni  samarali foydalangan holda, darslarini yuqori saviyada olib borishadi.
    Kafedra xodimlari tomonidan shu kungacha respublika fan va texnologiyalari markazining bir nechta  davlat granti asosida tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Kafedraning qariyb 90 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari o‘nlab monografiya va darsliklarda, yuzlab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar va risolalarda o‘z aksini topdi.
    O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida tashkil qilingan tuproqshunoslik bo‘limi mana 70 yildan ortiq davrda birgina O‘zbekiston uchun emas, balki Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, qolaversa Rossiya federatsiyasi, uzoq xorij mamlakatlari Xitoy, Vetnam, Koreya, Misr, Iroq, Kuba mamlakatlari uchun tuproqshunos mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelgan.
    Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘la ma’nodagi tuproqshunoslik fani va uni quyidagi yo‘nalishlari shakllangan. Bularga: geografiyasi, evolyusiyasi hamda xaritashunosligi, tuproqlar mikromorfologiyasi va mineralogiyasi, tuproq kimyosi, tuproqlar agrofizikasi va texnologiyasi, tuproqlar bonitirovkasi, tuproqlar melioratsiyasi, tuproq agrokimyosi, tuproq eroziyasi, tuproq biologiyasi va mikrobiologiyasi, tuproqlar ekologiyasi va boshqa shu kabi yo‘nalishlar kiradi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkin, bu yo‘nalishlarni asoschilari va uni rivojlantiradigan yirik olimlar, fan doktorlari, professor, akademiklar aynan mana shu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU tuproqshunoslik bo‘limining sobiq talabalari hisoblanadi.

Kafedra tarkibi

KENJAYEV YUNUS CHINTOSHEVICH

Kenjayev Yunus Chintoshevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
SIDIKOV SAIDJON XXX

Sidikov Saidjon Xxx

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
DJALILOVA GULNORA TULKUNOVNA

Djalilova Gulnora Tulkunovna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
GAFUROVA LAZIZAXON AKRAMOVNA

Gafurova Lazizaxon Akramovna

Professor(0,75 stavka)

Batafsil
SATTAROV DJURAKUL XXX

Sattarov Djurakul Xxx

Professor(0,50 stavka)

Batafsil
ERGASHEVA OLIMAXON XALIQJONOVNA

Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MAXKAMOVA DILAFRUZ YULDASHEVNA

Maxkamova Dilafruz Yuldashevna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDUSHUKUROVA ZAMIRA ZAYNITDINOVNA

Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MAHAMMADIYEV SAMAD QILICHEVICH

Mahammadiyev Samad Qilichevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
NABIYEVA GULCHEXRA MIRERGASHEVNA

Nabiyeva Gulchexra Mirergashevna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ISXAKOVA SHOIRA MIRSADIKOVNA

Isxakova Shoira Mirsadikovna

Dotsent(0,75 stavka)

Batafsil
FAXRUTDINOVA MASHKURA FAZLIDDINOVNA

Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna

Dotsent(0,25 stavka)

Batafsil
ZAKIROVA SALOMAT QASIMBAYEVNA

Zakirova Salomat Qasimbayevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ATOYEVA GULHAYO RAXMONOVNA

Atoyeva Gulhayo Raxmonovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ALIBOYEVA MALIKA ALIMOVNA

Aliboyeva Malika Alimovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
KASIMOV UMEDILLO SALIMOVICH

Kasimov Umedillo Salimovich

Katta o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEV SHOHRUH ZAFAR O‘G‘LI

Abdullayev Shohruh Zafar o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1   Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich biologiya fanlari doktori, professor Tuproqlarning kimyoviy ifloslanish va ularning rekultivatsiyasi
2 Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna biologiya fanlari nomzodi, dotsent Turkiston tog‘ tizmalari shimoliy qismi tuproqlari (Zomin «Xalq bog‘i» xududi tuproqlari misolida)
3 Djalilova Gulnora Tulkunovna biologiya fanlari doktori, dotsent O‘zbekiston o‘rta va past tog‘laridagi eroziya jarayonlarini geoaxborot tahlili (Chotqol va Turkiston tog‘lari tuproqlari misolida)
4 Maxkamova Dilafruz Yuldashevna biologiya fanlari falsafa doktori Jizzax cho‘li gipsli tuproqlari va ularning biologik faolligi
5 Mahammadiev Samad Qilichevich qishloq  xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Kuzgi bug‘doy don sifatini oshirishda nav va o‘g‘itning ahamiyati
6 Kenjaev Yunus Chintoshevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent Siderat ekinlarini yetishtirish, ularning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyati misolida)
7 Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi “Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning agrofizikaviy xossalari va tuz tartiboti” (Jizzax cho‘li shimoli-g‘arbiy qismi misolida)
8 Zakirova Salomat Qasimbaevna qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Qashqadaryo quyi oqimi taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi
9 Is’hoqova Shoira Mirsodiqovna qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent «Veщestvennыy sostav osnovnыx pochv nizovev Amudari i vliyanie na nix protsessov orosheniya i opustыnivaniya»
10 Sidiqov Saidjon qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent Sug‘oriladigan tuproqlar gumusi tarkibi va miqdorini agrotexnik fon hamda o‘simlik qoldiqlari xillariga bog‘liqligi
11 Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna biologiya fanlari falsafa doktori Shimoliy Turkiston tog‘ tizmasining pedofaunasi va eroziyaga uchragan tuproqlar biodiagnostikasining ahamiyati
12 Nabieva Gulchexra Mirergashevna biologiya fanlari  doktori, dotsent Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ular unumdorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish
13 Kasimov Umedillo Salimovich Mineral  o‘g‘itlar samaradorligini oshirish usullari (Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za misolida)
14 Begimova Dildora Karimboevna Sanoatlashgan hudud tuproqlarining biokimyoviy xossalarini o‘zgarishi va ularni yaxshilash

Xalqaro hamkorlik

Tuproqshunoslik kafedrasi mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yuqori darajada faoliyatni yo‘lga qo‘ygan, jumladan respublikadagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK, Farg‘ona davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Agrar davlat universiteti, «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MChJ QK, respublika agrokimyo stansiyasi, Botanika bog‘i va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy, amaliy, innovatsion hamkorlik bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Xorijiy universitetlardan Chexiya agrar universiteti, Slovakiya agrar universiteti, Xoxenxaym universiteti, Moskva davlat universiteti, Vladimir universiteti, Vagininengen universiteti, Tokio qishloq xo‘jaligi universiteti, Varshava universiteti, Granada universiteti va boshqa universitetlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yo‘lga qo‘ygan, jumladan, magistrlar va doktorantlarning ilmiy laboratoriya ishlari xorijiy universitetlarida amalga oshirilsa, professor – o‘qituvchilar xorijiy hamkorlar bilan ilmiy maqola, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilib kelishmoqda.