Kafedra mudirlari: prof. Alekseev D.V. (1927-1930), prof. Kolosovskiy N.A. (1930-1936), prof. Usanovich M.I. (1936-1944), prof. Udovenko V.V. (1944-1952), akad. Usmonov H.U. (1953-1972), prof. Tillaev R.S. (1972-2005), prof. Akbarov X.I. (2005-2010), dos. Sagdullaev B.U. (2010-2012), Yunusov F.U. (2012-2013), prof. Xoliqov A.J. (2013-2014), dos. Muxtarov A.P. (2014-2015), dos. Sagdullaev B.U. (2015-2017), prof. Akbarov X.I. (2017 yildan hozirgi vaqtgacha).
Kafedrada “Kimyo” bakalavriat yo‘nalishiga “Fizikaviy kimyo”, “Kolloid kimyo”, “Kvant kimyosi va kvant mexanikasi”, “Modda tuzilishi” fanlaridan darslar olib borilsa, “Neft va gaz kimyosi”, “Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi” va “Mahsulotlarning kimyoviy tahlili” yo‘nalishlariga “Fizikaviy va kolloid kimyo” kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Magistraturaning “Fizikaviy kimyo” va “Kimyo” mutaxassisliklariga “Kimyoviy termodinamika”, “Statistik termodinamika”, “Nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi”, “Eritmalar termodinamikasi”, “Elektrokimyoviy jarayonlarning kinetikasi”, “Nanozarracha va nanokompozitsion materiallarning olinishi va xossalari”, “Sirt yuzasidagi hodisalar fizik-kimyosi” va qator tanlov fanlardan mashg‘ulotlor olib boriladi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: Akad. Usmonov X.U. “Fizikaviy kimyo”, akad. Axmedov K.S. “Kolloid kimyo”, prof. Tillaev R.S. “Fizikaviy kimyodan misol va masalalar to‘plami”, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Tillaev R.S. lar hammuallifligida nashr qilingan “Fizikaviy kimyo” darsligi, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Xoliqov A.J. lar tomonidan tayyorlangan “Fizikaviy kimyo” darsligi 2 marta qayta nashr qilingan (2019, 2020) va Respublikadagi OTM larda asosiy darslik hisoblanadi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.