Kafedra tashkil etilgan sana: 1921 yil.
Kafedra mudirlari. prof. Naumov S.N. (1921-1930), O‘zRFA akademigi Sukervanik I.P. (1931-1967), prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984), prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992), professor Ahmedov Q.N. (1993-2008), dots. Tojimuhamedov H.S. (2009-2012), k.f.n.dots. Axmedov O‘.Ch. (2013-2014), k.f.d.Xoliqov T.S. (2015-hozirgi kungacha).
O‘quv-uslubiy ishlar. Kafedrada “Organik kimyo” bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha “Organik kimyo”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, Organik reaksiyalarning mexanizmlari,Kimyo (Organik kimyo), Tabiiy va sintetik buyoqlar kimyosi, Organik kimyoda zamonaviy usullar, Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi, Geterosiklik birikmalar kimyosi kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: X.M.Shoxidoyatov, H.O‘.Xo‘janiyozov, H.S.Tojimuhamedov Organik kimyo darsligi, A.G.Azimov, H.S.Tojimuhamedov, O‘.Ch. Ahmedov Neft kimyosi asoslari., Ahmedov Q.N., Yuldasheva M.R., “Organik kimyo usullari”-2-qism, Q.N.Axmedov, X.Y.Yo‘ldoshev, O‘.Ch.Axmedov “Organik kimyo usullari”-1-qism o‘quv qo‘llanmalar H.O’.Xo’janiyozov, T.Jumaqulov, J.E.Turdibayev, H.S.Tojimuhamedov “Organik kimyo” darslik va qator uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.