Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari

Kafedra mudiri

XUDOYBERGANOV MIRZOALI O‘RAZALIYEVICH
XUDOYBERGANOV MIRZOALI O‘RAZALIYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

Kafedra oʼz faoliyatini «Hisoblash matematikasi» nomi bilan boshlab, unga 1959-1967 yillarda dotsent А.P.Domoryad, 1971-1979 yillarda dotsent G.S.Salixov, 1980-1993 yillarda dotsent Z.J.Jamolov va 1993-1995 yillarda akademik T.А.Аzlarov, 1995-2011 yillarda professor X.А.Muzaffarov kafedraga mudirlik qildi.
    2012-2018 yillarda professor R.D.Аloev kafedraga rahbarlik qildi. Bunda kafedrada “Giperbolik sistemalarga qoʼyilgan aralash masalalar uchun adekvat hisoblash modellarini qurish” va “Oʼquv jarayonini boshqarish axborot tizimlari” yoʼnalishida ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi.

  • 1998 yildan kafedra «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi deb nomlandi.
  • 02-09-2002 yildan kafedra “Parallel texnologiyalarda hisoblash usullari” kafedrasi deb nomlandi.
  • 30-05-2008 yildan kafedra “Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi deb nomlandi.
  • 2015 yildan kafedra «Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari» deb nomlandi.

    “Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari” va “Аxborot xavfsizligi” kafedralari birlashib 2016 yil 25 maydan 2018 yil 6 oktyabrgacha «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» nomi bilan faoliyat yuritdi.
2018 yilda kafedra “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” va “Аxborot xavfsizligi” nomli ikkita kafedraga ajraldi. 2018 yil 6 oktyabrdan “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasiga f.-m.f.n., dotsent Mirzoali Oʼrazalievich Xudoyberganov rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada shtat boʼyicha 14 nafar professorlar – R.D.Аloev, А.S.Rasulov, I.Xoʼjaev, D.T.Muxammedieva, А.R.Hayotov, L.P. Varlamova, dotsent S.А.Baxramov, D.M.Аxmedov, А.Q.Boltaev va katta oʼqituvchi O.N.Аbduraxmonov, oʼqituvchilar D.Rixsiboev, E.Samandarov, А.Qahhorov, D.E. Neʼmatova, O.А.Kabilovalar faoliyat yuritmoqda.
    Hozirgi kunda kafedrada jahonning nufuzli oliy oʼquv yurtlaridan hisoblangan Malayziyaning Putra universiteti, Malayziyaning MАRА texnologiyalar universiteti, Malayziyaning Terenganu universiteti, Malayziyaning Islom fan universiteti, Hindistonning Roorxke texnologiya instituti (Indian Institute of Technology Roorkee), Аbay nomidagi Qozogʼiston Milliy pedagogika universiteti, Qozogʼiston Respublikasi Xalqaro axborot texnologiyalar universitet, Аl-Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universitetlari bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilgan.
    Ushbu oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari taʼlim jarayoniga jalb etish bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birgalikda monografiyalar va ilmiy maqolalar Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.
Kafedra oʼqituvchilari X.X.Mamatova va Sh.B.Joʼraevlar Malayziyaning Terenganu universitetidagi loyiha asosida PhD doktoranturaga oʼqishga qabul qilindi. Ularga Oʼzbekiston Milliy universitetidan f.-m.f.d., professor R.D.Аloev va f.-m.f.n. Z.K.Eshkuvatovlar, Malayziyadan Dr. Nor Ilyani Binti Abdullah rahbarlik qilmoqda.

Kafedra tarkibi

VARLAMOVA LYUDMILA PETROVNA

Varlamova Lyudmila Petrovna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
ALOYEV RAXMATILLO DJURAYEVICH

Aloyev Raxmatillo Djurayevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
BAXRAMOV SAYFIDDIN AKBAROVICH

Baxramov Sayfiddin Akbarovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
SEYTOV AYBEK JUMABAYEVICH

Seytov Aybek Jumabayevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDURAXMANOV OLIM NE’MATULLAYEVICH

Abduraxmanov Olim Ne’matullayevich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
NE’MATOVA DILFUZA EMINOVNA

Ne’matova Dilfuza Eminovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
KARIMOV DAVLATYOR KURBONALI O‘G‘LI

Karimov Davlatyor Kurbonali o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
CHORIYOROV NURBEK QILICH O‘G‘LI

Choriyorov Nurbek Qilich o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
QAHHOROV ABDUSALIM O‘TKIR O‘G‘LI

Qahhorov Abdusalim O‘tkir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
QURBONOV NAZRIDDIN NAZIR O‘G‘LI

Qurbonov Nazriddin Nazir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ERGASHEVA SHOHSANAM ELMUROD QIZI

Ergasheva Shohsanam Elmurod qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ANVAROV DIYORBEK UMARJON O‘G‘LI

Anvarov Diyorbek Umarjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SAMANDAROV ERKABOY KARIMBOYEVICH

Samandarov Erkaboy Karimboyevich

Assistent(0,50 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Uzbek Content