O‘zbekiston Milliy universiteti Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida “101083216 – ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasida hamkor tashkilot sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.
CAMP-2 o‘quv-treningi natijalarini monitoring qilish maqsadida 14-15-oktyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Yevropa universitetlarining 4 nafar professor-o‘qituvchilari Kopengagen universiteti (Daniya) dotsenti Bekzod Xakimov, katta o‘qituvchi Tomasz Pawel Czaja; Ekstremadura universiteti (Ispaniya) professori Jorge Ruiz-Carrascal va dotsent Josue Delgado Peronlar ishtirok etdi.
16-18-oktyabr kunlari Ilg‘or texnologiyalar markazida ECAMPUZ loyihasi barcha a’zolarining bevosita ishtirokida loyiha doirasidagi anjuman (Intra-project conference) o‘tkazildi.
Anjuman O‘zbekistonning oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi sohasidagi tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, sanoat vakillari hamda oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mutaxassis olimlarini to‘pladi
Ushbu anjumanda O‘zMU Kimyo fakulteti jamosi ham faol ishtirok etdi va sertifikatlarga ega bo‘ldi.