Bugun, 28-oktyabr kuni BMT Bosh kotibining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bosh maslahatchisi, “Global energiya” mukofoti xalqaro qo‘mitasi raisi, Moskva davlat universitetining faxriy doktori Raye Kvon Chung O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi.
Mehmon bilan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov boshchiligidagi vakillar hamkorlik doirasida fikr almashishdi.
Xususan, ta’lim sohasidagi aloqalarni qo‘shma tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish va amaliyotchilarni o‘zaro almashish orqali faollashtirishga, almashinuv dasturlari doirasida O‘zMU professor-o‘qituvchilari, talabalari va doktorantlarining stajirovkalarini tashkil etish kabi takliflar bildirildi.
,/div>
/div>
O’zMU Axborot xizmati