Hamkorlik samarasi: talabalar uchun yangi imkoniyat

⏺Bugun, 30-oktabr kuni Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, «Uzbek Leasing International A.O.» kompaniyasi rahbari, fakultet bitiruvchisi Zafar Mustafayev hamda soha prorektorlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

⏺Iqtisodiyot fakultetida «Uzbek Leasing International A.O.» kompaniyasi tomonidan qayta tamirlangan, zarur texnika vositalari bilan jihozlangan zamonaviy auditoriya foydalanishga topshirildi.

⏺Uchrashuvdan so‘ng universitet rektori fakultetda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.