⏺O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Faxriddin Kushanov bilan o’tkazilgan uchrashuvda Ilg’or texnologiyalar markazi tadqiqotchilari, OʻzRFA Bioorganik kimyo institutining ilmiy xodimlari, Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, bakalavr va magistr talabalar ishtirok etishdi.
⏺Seminar davomida ishtirokchilarga hozirgi kundagi genomlarni maqsadli tahrirlash uchun CRISPR-Cas texnikasidan foydalanish zamonaviy genetik muhandislikning istiqbolli yo’nalishi haqida tushuncha berildi.
⏺Jumladan, qulupnayning yil davomida meva beradigan navlari, g’o’za va bug’doyning qurg’oqchilikka chidamli serxosil navlari yaratilganligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminar qiziqarli savol-javoblar asosida olib borildi.
O’zMU Axborot xizmati