O’quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig’i
TOPILDIYEV VOXIDJON RAXIMJONOVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
- +998 71 246-95-20
- vtopildiyev@mail.ru
O`quv uslubiy boshqarma faoliyati:
- O`zbekiston Respublikasining ta`limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish
- Davlat ta`lim standartlari asosida o`quv ishlarni tashkil etilishini ta`minlash
- Fakultet va kafedralar o`quv ish rejalarini bajarilishini ta`minlash
- Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish
- O`tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o`qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish
- O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
- Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
- O`zMUni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
- O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
- Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
- Universitetda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash
- Universitetda soatbay fondini to`g`ri ishlatilishini ta`minlash va nazorat qilish
- O`quv-uslubiy jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta`minlash
- Barcha fakultetlarda darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o`quv-uslubiy majmualar bilan ta`minlanishi bo`yicha ishlarni tashkil etish
- Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, professor-o`qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta`minlash
- Barcha ta`lim yo`nalishlarini o`quv reja va fan dasturlari bilan ta`minlash
- Talabalarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishini ta`minlash
- Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etilishini ta`minlash
- Talabalarni mustaqil ta`lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni ta`minlash
- O`zMU Ilmiy kengashi rejasi asosida o`kuv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta`minlash
- Boshqarma faoliyatiga oid ma`lumot va hisobotlarni Vazirlikka o`z vaqtida, o`rnatilgan tartibda taqdim etib borish