Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i
BEKIMATOVA GULCHEXRA KALANDAROVNA
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 09:00-17:00
- +998 94 316 51 19
- bekimatova@nuu.uz
Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi
Bo‘lim universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Bo‘limning tarkibi:1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar xodimlardan iborat.
Bo‘limning funksional vazifalari:
- Iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
- Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish; – iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
- Iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
- Iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish;
- Iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
- Iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun ajratilgan qabul kvotalarining ta’lim sohalari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha tanlovlarda nomzodlar ishtirokini tashkil etish;
- Reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
- Iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.