Raqamli kompetensiyalami rivojlantirish bo’limi boshlig’i
ADASHBOYEV SHAVQIDDIN MIXRIDDINOVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 14:00-17:00
- adashboyev@nuu.uz
Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo’limi:
Bo’lim universitet professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilarining raqamli iqtisodiyotda talab qilinadigan kompetensiyalarini shakllantirish va takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Bo’limning tarkibi: bo’lim boshlig’i va 3 nafar xodimlardan iborat. Bo’limning funksional vazifalari: ilmiy izlanishlar, ekspert va innovatsion faoliyatni raqamlashtirish etish bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va amaliyotga joriy etish; raqamli ta’lim g’oyalarini rivojlantirish va ommalashtirish, professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilar uchun raqamli kompetentlikni oshirishga qaratilgan onlayn malaka oshirish kurslarini tashkil etish.