Korrupsiyaga qarshi kurashish “ komplaensnazorat'' tizimini boshqarish bo'limi mudiri
G‘ULOMOV SHOHNAZAR AHROROVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
- +998 91 191-88-00
- Sh.gulomov@listru
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Xay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquq buzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘lik, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axvolini o‘rganadi, natijalari buyicha ma’lumotlar tayyorlaydi;
- universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshiradi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
- universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
- universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar xaqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;
- universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- universiet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
- universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
- universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
- so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
- professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish buyicha takliflarni ishlab chiqadi;
- universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
- har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida rektorga) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- universitet huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yunalishidagi faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga hamda vazirlikka kiritib boradi.