Jismoniy va yuridik shaxslaming murojaatlari bilan ishlash. nazorat va monitoring bo’limi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash.Nazorat va monitoring bo'limi boshlig'i

INSOPOV ABDUG‘APPOR ABDUSAMATOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00-17:00
  • +998 71 246-08-96
  • nazorat@nuu.uz

       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori,  “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan), “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017 yil 11 sentabrdagi O‘RQ-445-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi 341-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1061-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.Gov.Uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ustavi talablariga muvofiq  universitetda  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi o`z faoliyatida bevosita universitet rektorga bo`ysunadi.

Bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari 

  • Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘linmalar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayonlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita o‘tkazilgan majlis bayonlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi   hujjatlari (buyruqlar, qo‘shma qaror, topshiriqlar, xatlar va h.k.)da yuklatilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tizimli nazoratni yuritadi;
  • universitet rektori buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi   buyruqlari, Hay’at qarorlari ijrosi bo‘yicha universitetda bajarilgan ishlarni nazorat qiladi hamda umumlashgan ma’lumotlarni har oyda, chorakda vazirlikka ma’lumot kiritib boradi;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, universitetning tarkibiy bo‘linmalari, huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralar tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;
  • murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilishi to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;
  • universitet huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
  • universitet rektorini qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
  • universitet bo‘linmalarida belgilangan tartibda ish yuritishni tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va tashrifi davomida o‘tkazilgan majlis bayonlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida va vazirlik hujjatlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, rektor huzuridagi yig‘ilishlar va universitet Kengashi muhokamasiga kiritadi;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, universitet tizimidagi bo‘linmalar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib boradi va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha joylardagi holatni nazorat qilib boradi;
  • universitet buyruqlarining universitet huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralar tomonidan bajarilishi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, rektor huzuridagi yig‘ilishlar va universitet Kengashi muhokamasiga kiritadi;
  • universitet huzuridagi huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralarda ijro intizomi holatini tizimli ravishda maqsadli va kompleks o‘rganadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • universitetda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limga taalluqli bo‘lgan universitet buyruqlari, Kengash qarorlarida bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
  • jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari, vazirlik hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;
  • nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;
  • bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida universitetda og‘zaki qabullarni tashkillashtiradi;
  • universitet rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
  • universitetga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha haftalik, oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda universitet rektor huzuridagi yig‘ilishlar va universitet Kengash yig‘ilishlarida axborot berib boradi;
  • universitet huzuridagi filial, markaz, texnikumlar, ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, fakultetlar, kafedralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;
  • universitetning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalarning hujjatlar, topshiriqlar, ular bo‘yicha vazifalarning ijrosini nazorat qiladi;
  • yo‘nalishidan kelib chiqqan holda universitet tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
  • universitet bo‘linmalarida ro‘yxatga olingan xatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda rektorga taqdim etadi;
  • bo‘lim bevosita faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirib boradi.