Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig’i
MAVLANOV BEXZOD ASROROVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 14:00-17:00
- +998 71 227-15-59
- O‘zbekiston Respublikasining taʼlimga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda bo‘lim faoliyatiga oid OʼzMU buyruqlarining bajarilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xukumati tomonidan qabul qilingan bo‘lim faoliyatiga oid farmon va qarorlar mazmunini xodimlarga yetkazib borish;
- O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish boʼyicha manfaatli xamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
- O‘zMU obʼektlarida Fuqaro, mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli ishlar olib borish;
- O‘zMUning o‘quv, talabalar turar joyi va boshqa binolarida mehnatning, yashashning xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini taʼminlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid O‘zMU rektorining buyruq va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
- Mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar, xavfsiz mehnat standartlarini joriy qilishni taʼminlash va nazorat qilish;
- O‘zMU bo‘limlaridagi o‘quv-laboratoriya, ustaxonalar va boshqa xonalarning sanitar-texnik holatini pasportlashtirish ishlarida ishtirok etish va uslubiy yordam berish; Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limida bo‘lim boshli‘i, 1 nafar Mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandis, 1 nafar Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muxandis hamda 1 nafar Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktor faoliyat olib boradi. Bo‘lim xodimlarining rahbariyat, professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda moliya, xo‘jalik xodimlari bilan ishlarni tashkil etishi, bevosita, bo‘lim boshlig‘ining topshirig‘i va ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bo‘limning mutaxassis hodimi belgilangan tartibda yo‘riqnoma asosida ish olib boradi. Bo‘lim asosan quyidagi xujjatlar asosida ishlarni o‘rganadi va takliflar kiritadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUSIYAVIY QONUNI:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNlari:
2024/25 yillarda Energetika, Gaz, Suv va Issikdik Taʹminoti obʹektlarida Kuz-Qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rishda sodir bulishi mumkin bulgan favqulotda vaziyatlarni oldini olish va yong’in xavfsizligini taʹminlash maksadida o’tkaziladigan qo’mondonlik o’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish