“ADABIY TA’LIM METODOLOGIYASI: XALQARO TAJRIBA VA ILMIY HAMKORLIK” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman

Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi masalalar bo‘yicha materiallar taqdim etiladi:

  • Adabiy ta’limdagi yetakchi konsepsiyalar.
  • Mumtoz adabiyotning nazariy muammolari.
  • Jadidchilik tarixi va jadid adabiyoti.
  • Badiiy matn tahlili va talqini.
  • Adabiy asarning lisoniy va uslubiy tahlili.
  • Oliy ta’lim tizimida filologik fanlarni oʻqitish masalalari.
  • Adabiy ta’limda xorijiy tajriba va hamkorlik istiqbollari.

Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, ingliz, rus va barcha turkiy tillar.

Materiallar (maqola, tezislar) qabul qilish muddati: 2024-yilning 1-iyunidan 2024-yilning 10- iyuliga qadar Telegram guruhi  va h.boltabayev_conference2024@yahoo.com, nodirjong8@gmail.com e-pochtasi orqali qabul qilinadi va OJS platformasida (www.myscience.uz) elektron ko‘rinish va kitob holida 2024-yil 28- sentabrda nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Matnda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflar javobgardir. Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi. Konferensiya materiallari Google Scholarda indekslanadi va anjuman ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

Anjumanda ishtirok etish shakli: Anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi. Xorijlik mutaxassislar va viloyatlardagi ishtirokchilarning ma’ruzalari oflayn\onlayn tarzda tinglanadi.

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar: Maqolalar 7-8 bet bo‘lishi talab etiladi. Maqola matni doc. formatida, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda, Times New Roman 14 kegl shriftida tayyorlanadi. Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi (200-250 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlari (7-9 so‘zdan iborat) maqola berilayotgan tilda, rus va ingliz tilida beriladi. Muallifning familiyasi, ismi va sharifi maqola sarlavhasidan keyin keltiriladi, (*) havolasi ostida ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: manba havolasi katta qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi. Masalan: [Ne’matov, 2005: 56]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida matn so‘ngida beriladi. Adabiyotlar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi lozim.

NAMUNA

MAQOLA NOMI
Karimov Halim Salimovich filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta oʻqituvchi Oʻzbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya.

Kalit so‘zlar: kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar, kalit so‘zlar. Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.

Keywords: Keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords, keywords. Аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, аннотация, Ключевые слова: ключевые слова, ключевые слова, ключевые слова. (Annotatsiya, kalit so‘zlar maqola berilayotgan tilda, ingliz va rus tilida bo’lishi shart) Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Hasanov, 2008: 200].

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Болтабоев Ҳ., 2009. Хорижда бобуршунослик, Tошкент, 128 б. 2. Halim Yorqin, 2006. «Boburiy xati»ning oʻrganilishi / Adabiyot koʻzgusi, Toshkent, 9-son. B. 31-33.

Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita: 100174, Toshkent sh. Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy. O’zMU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi. Mas’ul: Muzaffar Chorshanbiyev, Tel: +99893 5643472