Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a’zosi (PhD) E.SH.Kurganov «Shizofreniya: avvalgi va hozirgi tushunchalar» mavzusida onlayn ma’ruza qildi.
Vebinarda Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, bakalavr va magistrlar hamda Biokimyo kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan universitetlar, tashkilotlar ishtirok etdi.
Jumladan, Maktabgacha va xalq ta’limi vazirligi , Ilg‘or texnologiyalar markazi, AKFA universiteti, ToshPTI, TTA hamda Sirojiddinnov nomidagi Akademik litseylar vakillari qatnashishdi.
Vebinar davomida Shizofreniya kasalligining o’rganilish tarixi, kelib chiqish sabablari, turlari va davolash choralari hamda zamonaviy konsepsiyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.