O‘zbekiston Milliy universitetida kafedralar faoliyatini samarali tashkil etish, mudirlar va professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, ularning funksional vazifalarini qat’iy belgilash, shuningdek, kafedralarning yillik faoliyatini baholab borish maqsadida taqdimot start oldi.
Bugun, dastlab Kimyo va Ekologiya fakultetlarining kafedralar kesimida hisoboti tinglandi. O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar va natijalar tahlil qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, hisobotlar yakunida umumiy baholar natijasidan kelib chiqib, universitet miqyosida eng namunali 10 ta kafedra aniqlanib, rahbariyat tomonidan taqdirlanadi.