E’tirof muborak bo‘lsin!

Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Ushbu yuksak unvon bilan Kongratbay Avezimbetovichni ko‘p ming sonli O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga cheksiz muvaffaqiyat tilaymiz.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlarini yuksak qadrlaymiz.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi