2024-yil 15-noyabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Umarov Abduvaxob Tursunovichning “Mintaqalar iqtisodiy salohiyati asosida barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusidagi 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi i muhokamasi bo‘lib o‘tadi.