O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash

2024-yil 13-dekabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchilari – Anarmatov Jasurbek Jandarbekovichning “Hududlarni qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)” mavzusidagi 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi, Rejapov Saydulla Xikmatullayevichning “Davlat xaridlarini amalag oshirish mexanizmini takomillashtirishning mintaqaviy xususiyatlari” mavzusidagi 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” tutash ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi hamda Abdunazarov Oybek Abdumutalibovichning “O‘zbekistonda yerga mulkchilik munosabatlarining shakllanishi va uni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.