2021-yilning 20-noyabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya fakulteti binosida Geografiya, Geologiya, Gidrometeriologiya va O
‘zbek-qozon qo’shma dastur fakultetlari 2021-yil Milliy reyting talablari bo'yicha ko'rsatgichlar muhokamasi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Uslubiy taminlash va ta'lim sifatini nazorat qilish bo'yicha prorektor Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Xikmat Saburov, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo
‘limi boshlig’i Shuhrat Lakayev, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Yig
‘ilishda 2021-yil Milliy reyting boyicha fakultetlarning ko
‘rsatgichlari bo’yicha mavjud holat monitoring qilindi. Shuningdek, fakultetlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo
‘yicha lozim bolgan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, talabalar bilimi va ta'lim sifati, dunyoning nufuzli OTMlarida o
‘quv mashgulotlarini o
‘tkazish, hisob yilida ilmiy daraja va unvonlar olish, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari haqida ish beruvchilar bahosi, talabalarning mutaxassislik fanlarini bilish darajasi, professor-oʻqituvchilar yaratgan ilmiy maqolalarning “Web of Science” hamda “Scopus” kabi xalqaro bazalardagi ulushi, xalqaro indekslar ma’lumotlari asosida ilmiy nashrlarga iqtiboslar soni, oliy taʼlim muassasasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijadorligi, taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit kabi masalalar muhokama qilindi.
O`zMU Axborot xizmati