“Computing” mavzuidagi ochiq dars

2021-yilning 23-noyabr kuni I-juftlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geografiya va tabiiy resurslar” fakulteti 105-auditoriyada Xorijiy til (Ingliz tili) fanidan “Computing” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq dars Xorijiy filologiya fakulteti “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi  Zarinaxon Jo’rayeva tomonidan olib borildi.

Ushbu ochiq dars Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig‘i Shuhrat Lakayev va Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi mudiri Dilnoza Mazlitdinova tomonidan kuzatildi.

O‘qituvchi darsda bir necha maqsadlarni ilgari surdi, jumladan, talabalarni belgilangan mavzu bo‘yicha kerakli bilimlar bilan ta’minlash, ularga mavzuni to‘liq yoritib berish, talaba yoshlarning zamonaviy texnologiyalar mavzusi bo‘yicha fikr mulohazalarini bilish, kompyuter va boshqa turli texnik vositalarning afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr almashishdi. Ushbu maqsadlarga erishishda o‘qituvchi turli qiziqarli interaktiv metodlardan foydalandi.

Ochiq dars davomida talabalar guruh bo‘lib ishladilar va har bir guruh a’zolarining birgalikda dars davomida faol qatnashishi o‘qituvchi tomonidan nazorat qilindi. Mashqlar ketma-ketligi to‘g‘ri belgilandi. Asosiysi o‘qituvchi tomonidan berilgan ko’rsatmalar aniq va tushunarli bo’ldi. Mashg‘ulot davomida Communicative Language Teaching (CLT), discussion, Project Based Learning (PBL), TPR kabi zamonaviy metodlardan samarali foydalanildi va dars ijobiy baholandi.

O‘zMU Axborot xizmati