O’zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakultetida 2021-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini J.Isoqov ochib berdi. Tadbir talaba-yoshlarning vatanni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Tadbir yakunida fakultetning faol talaba-yoshlari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O’zMU Axborot xizmati