Konstitutsiya bilimdonlari aniqlandi

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashabbusi bilan 5-sonli talabalar turar joyida “Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati!” mavzuidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida «Konstitutsiya bilimdoni» tanlovi o’tkazildi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi 3 shart bilan bellashdilar:
1-shart: jamoaga Konstitutsiyaga oid 10 ta mantiqiy savol berildi va o’ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi.
2-shart: jamoaga Konstitutsiya moddalaridan 5ta savol berildi va o’ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi.
3-shart: jamoa sardorlariga bosh Qomusimizga doir 3 tadan qisqa savol berildi.
G’olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati