O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-dekabr kuni Olmazor tumani 278-umumtaʼlim maktabida «Konstitutsiya – g‘ururimiz va iftixorimiz» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi» kafedrasi dotsenti v.b., falsafa doktori Jaloliddin Yusubov tadbir mavzusi yuzasidan maʼruza olib bordi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar asosiy qonunimizda belgilangan masalalarga oid qo’shimcha maʼlumotga ega bo’ldilar va o‘quvchilar bilan savol-javoblar olib borildi.
O’zMU Axborot xizmati