O’zMU talabasi “Change” loyihasida ishtirok etmoqda

2021-yil 4-10-dekabr kunlari Turkiya davlati Istanbul shahridagi Sheraton mehmonxonasida OSCE (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) tomonidan Ozbekiston, Gruziya va Shimoliy Makedoniya yosh siyosatchi ayollar uchun «Yosh siyosatchi ayollar akademiyasi»ning o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Loyiha “CHANGE” (O‘zgarish) deb nomlanib, unda gender tenglik masalalari va ayollar huquqlari bo‘yicha turli xil mavzularda o‘quvlar o‘tkazilmoqda. Mazkur oquv seminarlarda OzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yonalishi 3-kurs talabasi Gulbonu Kuvatova ham faol ishtirok etmoqda. Talabamizning ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O’zMU Axborot xizmati