Xalqaro USAID tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo yosh liderlar akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan O‘zbekistonlik 9 nafar bitiruvchilar 2021-yil 12-18 dekabr kunlari Gruziya davlati Tbilisi shahrida bir haftalik study-turda ishtirok etmoqda. Tur davomida Gruziya yoshlar siyosati bilan tanishish maqsadida Gruziya Yoshlar agentligi, Gruziya Milliy universiteti, Kaxita tumani Yoshlar markazi, Xalqaro volontyorlar guruhi, Telavi shahar merining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari, «Formula» media telekompaniyasi va shu kabi bir qator tashkilotlarga tashriflar uyushtirmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Gulbonu Kuvatova ham ishtirok etmoqda.
O’zMU Axborot xizmati