Ijtimoiy-psixologik zo’ravonlik muammolari

O’zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar Kengashi, Ijtimoiy fanlar fakultetining “”Etika va estetika” kafedrasi hamda O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati bilan hakorlikda universitetda “ Ijtimoiy-psixologik zo’ravonlik muammolari” mavzuida tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Og’ir ijtimoiy ahvolda qolgam, zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan shaxsni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish faoliyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Unda O’zMU Xotin-qizlar Kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi R.Rustamova, O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi B.Israilova, O’zbekiston Milliy Gvardiya jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi N.Sog’inov, Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi Ra’noxon Rustamova ochib berib, ishtirokchilarga ayollar huquqlarini himoya qilish hamda zo’ravonlik qurbonlariga huquqiy yordam ko’rsatish haqida atroflicha ma’lumot berib o’tdi. Dastur doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi mudiri, professor L.Muhammedjanova, O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi B.Israilova, psixologiya fanlari doktori, professor, Xalq ta’limi vaziri maslahatchisi G’.Shoumarov, O’zbekiston Milliy Gvardiya jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi N.Sog’inovlar tomonidan ijtimoiy-psixologik zo’ravonlik, uni idrok etilish xususiyatlari, muammo va yechimlari, oilaviy nizolar psixologiyasi, ularni bartaraf etish imkoniyatlari to’g’risida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir yakunida ishtirokchi talaba-yoshlar o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi va mavzuga doir barcha savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

O’zMU Axborot xizmati