IJTIMOIY FANLAR FAKULTETIDA “TYUTORLIK MAKTABI” TIZIMI BO‘YICHA MASTER-KLASS TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847- sonli Farmoniga muvofiq, fakultet tyutorlariga “TYUTORLIK” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida fakultet dekani Komiljon Inakov tyutorlarning faoliyati va talabalar bilan ishlash tizimi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, bir nechta takliflarni berdi.
Davra suhbati davomida tyutor O.Yangiboeva tomonidan tyutorlar faoliyatidagi asosiy masalalar: tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish — Ijtimoiy fanlar fakulteti misolida, talabalarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish, komplaens nazoratiga bag‘ishlangan master klass o’tkazildi. Hozirda universitetning barcha fakultetlarida tyutorlar faoliyati tizimli tashkil etilgan.

Eslatma: Tyutor — bu oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritadigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan xodim. O‘ziga biriktirilgan guruh talabalarining ta’lim olishlarida, shuningdek, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida ko‘maklashadi, ularni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garak va klublarga jalb etish, ta’lim olish jarayonida yuzaga keladigan barcha masala va muammoni o‘rnatilgan tartibda bartaraf etishga qaratilgan faoliyatni olib boradi.

O’zMU Axborot xizmati