O‘zMU tarixchilarining xalqaro hamkorligi rivojlanib bormoqda

Jahonning turli davlatlari tarixchi olimlari o‘rtasidagi doimiy muloqot va ilmiy bilimlar almashinuvi mavjud hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida faoliyat yuritayotgan tarixchilar dunyoning o‘nlab davlatlaridagi hamkasblari bilan doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatganlar.
Yaqinda fakultetning Arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alisher Shaydullayev Pragadagi Karlova Universiteti (Univerzita Karlova v Praze)da bo‘ldi. Chexiyaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasasidagi uchrashuvlar jarayonida tarixchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi. O‘zMUning yosh olimi Karlova Universitetida talabalarga dars o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Pragadagi Karlova Universiteti Yevropadagi uzoq tarixga ega univeristetlaridan biri hisoblanadi. Unga 1348-yilda Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl IV tomonidan asos solingan. Universitetda ta’lim chex va ingliz tillarida olib boriladi. Hozir unda 50 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Shu o’rinda, Vatanimizning qadimiy merosini, ko’hna tamaddun markazlaridan biri bo’lganini jahonning nufuzli oliy o’quv yurtlarida, xorijiy ilmiy doiralarda keng targ’ib etib kelayotgan tarixchi-arxeolog Alisher Shaydullayev faoliyatiga universitet jamoasi nomidan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O‘zMU Axborot xizmati