O‘ZMU KIMYO FAKULTETIDA ONLAYN ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI TASHKIL ETILDI

Talabalar qishki ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zMU Kimyo fakulteti va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn “ZAKOVAT” intellektual o‘yinida talabalardan tashkil topgan jami 21 ta guruh ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Ularning har birida fakultet tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq, 6 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

Barcha guruh telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zlari shaxsiy guruh ochgan holda @Kimyo ta’limi guruhiga  qo‘shib qo‘yishdi. Faqat guruh sardori javoblarni yozishidan oldin jamoa nomini birinchi yozib, keyin ketma-ketlikda raqami bilan javoblarni  @ Kimyo fakulteti shaxsiy lichkasiga tashlab borishdi.

O‘ylash va savolga javob yuborish uchun vaqt 2 daqiqa +1 daqiqa berildi. Shu vaqt ichida javoblar yuborildi. Vaqt tugagandan keyin yuborilgan javoblar qabul qilinmadi. Kimyo fakulteti onlayn ZAKOVAT intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar bellashdilar:
1. “Adrenalin” jamoasi;
2. “Dream” jamoasi;
3. “Neftchilar” jamoasi;
4. “Neft gaz” jamoasi;
5. “Al-kimyo” jamoasi;
6. “Chemists” jamoasi;          
7. “Umid” jamoasi;    
8. “Patronlar” jamoasi;           
9. “Jaydarilar” jamoasi;         
10. “Heisenberg” jamoasi;     
11. “Yosh polimerchik” jamoasi;      
12. “Smart chemists” jamoasi;           
13. “Kimyogar” jamoasi;       
14. “Tafakkur”  jamoasi;       
15. “Iqro” jamoasi;    
16. “2*2=5”  jamoasi;
17. “Tafakkur” jamoasi;        
18. “Yosh ximiklar” jamoasi;
19. “Creativ”  jamoasi;          
20. “Jichcha” jamoasi;           
21. “Neftyannik” jamoasi.     
Guruhlarga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan taqdim etilgan savollar berildi.
Onlayn ZAKOVAT intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldilar:
1-oʻrin: “Tafakkur” jamoasi; 
2- oʻrin: “ Iqro” jamoasi;       
3- oʻrin: “Creativ” jamoasi va “Jichcha” jamoasi.
Bugungi OʻzMU Kimyo fakultetida oʻtkazilgan (onlayn tarzda) ZAKOVAT intellektual musobaqasida “TAFAKKUR” jamoasi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

O‘zMU Axborot xizmati