Sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash har bir inson uchun foydali hisoblanadi. Sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish inson umrini uzaytirishi hammaga maʼlum. Shu sababli mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro o‘z sog‘lig‘iga beparvo bo‘lmasligi lozim. Mamalakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan turli sport marafonlari, yoshlar kesimida o‘tkazilayotgan musobaqalar, turli tanlovlarda nafaqat yoshlar, balki yoshi ulug‘lar ham o‘z sog‘liqlari uchun foydali bo‘lgan turli musobaqalarda ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099 sonli 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilarining “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sog‘lom turmush tarziga amal qilib, sportning volleybol turidan musobaqa tashkil etildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Aynan volleybol yo’nalishining tanlanganligi bejizga emas. Chunki bu sport yo’nalishi chaqqonlik, serharakatlilik, barcha yoshdagilar uchun to‘g‘ri kelishi inobatga olindi. Musobaqa do‘stona tarzda bo‘lib o‘tdi.
O‘zMU Axborot xizmati