2021-yil 17-avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti xalqaro boʼlimi tashabbusi bilan THE CAMPUS+ kompaniyasi vakili, Osiyo mintaqasidagi mintaqaviy obuna direktori Milan Takur bilan onlayn-uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Oʼzbekiston Milliy universitetining halqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi boshligʼi Аziza Toʼraqulova ishtirok etdilar.
Onlayn-uchrashuvda THE CAMPUS+ platformasi tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar, xususan, universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ushbu platformadan foydalanib, universitetning xalqaro miqyosida obroʼsini oshirish haqida maʼlumot berildi.
Virtual uchrashuvda quyidagi yoʼnalishlarda muzokaralar olib borildi:
- THE CAMPUS+ platformasi, uning maqsadlari va tizimning tarkibiy qismlari;
- THE CAMPUS+ platformasi tomonidan Oʼzbekiston Milliy Universitetini akademik tanilishishida platforma imkoniyatlari;
- Universitet THE CAMPUS+ning faol hamkori boʼlish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Uchrashuv ishtirokchilari THE CAMPUS+ platformasiga aʼzo boʼlish, oʼzaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish borasida fikr almashdilar.
OʼzMU Аxborot xizmati