2022-yil 1-fevral kuni Мirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida akademik A.T.Mamadalimov tavalludining 75-yilligiga bag`ishlangan “Yarimo`tkazgichlar va polimerlar fizikasining dolzarb muammolari” mavzuida xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi. Konferensiyada O`zbekiston Respublikasidagi oliy o`qquv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlaridan olimlar, ilmiy xodimlar, professor-o`qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar ishtirok etishdi. Konferensiya onlayn va an’anaviy (gibrid) shaklda o`tkazildi. Konferensiya ishi quyidagi 4 sho`bada ko`rib chiqildi:
- Yarimo`tkazgichlar fizikasi, mikro- va nanoelektronikaning dolzarb muammolari;
- Polimerlar fizikasi va nanotexnologiyalar muammolari;
- Zamonaviy quyosh elementlari va energetikasi;
- Kondensirlangan muhitlar va materialshunoslik fizikasining muammolari.
Anjumanda Xujand Davlat universiteti, Sankt-Peterburg pedagogika universiteti, Ukraina Fanlar Akademiyasining Yarimo`tkazgichlar fizikasi institute, Qoraqalpog`iston Davlat universiteti, Dongguk universiteti (Seul, Koreya), Vebster universiteti (AQSh), Hamad Bin Xalifa universiteti (Doha, Qatar), Norvegiya energiya texnologiyalari institute (Norvegiya), Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy universiteti (Qozog`iston), Chelyabinsk Davlat universiteti (Rossiya), Istanbul texnika universiteti (Turkiya), Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya) hamda o`zbekistonlik olimlar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiyani O`zMU rektori, professor Inom Madjidov, YFM ITI direktori, f.-м.f.d., professor Sharifa Utamuradova hamda O`zMU Fizika fakulteti dekani, f.-м.f.f.d. (PhD) G`afurjon Eshonqulov kirish so`zlari bilan ochib berishdi. Konferensiya yalpi majlisida O`zR FA akademigi, f.-м.f.d., professor Ramizulla Mo`minov “Фотоэлектрическая установка подъема воды из глубинных колодцев при экстремальных условиях” mavzuida, O`zR FA akademigi, х.f.d., professor Sayyora Rashidova, N.R.Ashurov, B.L.Oksengendler, N.F.Turayeva (AQSh) “Перовскиты-материалы для фотовольтаики 21 го века: Достижения и проблемы” mavzuida, O`zR FA akademigi, f.-м.f.d., professor Sirojiddin Zaynabidinov “Влияние кластеров примесных атомов никеля на рекомбинационные свойства кремния” mavzuida, f.-м.f.d., professor Xojakbar Daliyev “Неравновесные процессы в многослойных структурах с примесями редкоземельных элементов” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi.
O`zMU Axborot xizmati